Hazrat oyatulloh uzmo haj shayx Mirzo Javod TabriziyOyatulloh Tabriziy hijriy-shamsiy 1305 yilda Eronning Tabriz shahrida dunyoga kelgan. Dunyoviy ilmlarni Tabriz shahrida nihoyasiga yetkazgan Tabriziy 18 yoshligida (yani 1323 yilda) Tabrizdagi diniy ilmlar o`rgatuvchi talabiya madrasasiga o`qishga kirdi. Alloma bu madrasadagi muqaddamot va sath darslaridan ba`zilarini shu madrasada to`rt yilda tugatdi. Ul zot 1327 yilda diniy markaz hisoblanmish muqaddas Qum shahriga kelib sath darslarini bu yerda yakunlab, "Xorij" darslarini oyatulloh Hujjat va oyatulloh Burujerdilardan ta`lim oldi. O`zi ham bu yillari Qumdagi madrasalarning birida sath darslaridan ustozlik qila boshladi. 1332 yili tahsilini davom ettirish uchun Najaf shahriga qarab yo`l oldi va oyatulloh sayyid Abul Qosim Huiy, va oyatulloh sayyid Abdul Hodi kabi ustozlar darslaridan bahramand bo`ldi. Oyatulloh Tabriziy oyatulloh Huiyning k`ozga ko`ringan shogirdlaridan biri bo`lib, qariyb 23 yil davomida Najaf madrasasida o`qidi. Lekin 1355 yilda imom Husayn (a.s)ning ziyoratlaridan Najafga qaytayotgan Tabriziyni usha davrdagi Iroq hukumati qo`lga olib Eronga chiqarib yubordi. Eronga qaytib kelgan oyatulloh Tabriziy Qum shahrida ilmiy madrasada usul fiqh va Xorij darslaridan talabalarga ta`lim berib kelyapti, uning "Xorij" ilmidan shogirdlari ko`pdir. Alloh bu zot boborakotning umrlarini ziyoda qilsin,omin yo rabbal olamin! |