Hazrat oyatulloh uzmo haj shayx Muhammad Taqi Behjat



Oyatulloh Behjat 1334 hijriy-qamariy yil oxirlarida Eronning Fuman  shahrida dunyoga keldi.  Otalari Mahmud Behjat Karbaloiy usha davrning obruli olimlaridan bo`lgan edi. Oyatulloh Behjat adabiyot darslarini tugatgach, Qum shahriga keladi. U yerda qisqa muddat ta`lim olib, Karbaloga ketadi va oyatulloh uzmo sayyid Abul Qosim Xuiy darslaridan bahramand bo`ldi. 1352 yilda Najaf Ashrafga dars o`qishni davom ettirish uchun ketadi. U yerda Oxund Xurosoniyning shogirdlaridan birining darslariga qatnashdi.  So`ngra oyatulloh Ziyo Iroqiy, Mirzo Noiniy, shayx Muhammad Isfahoniylarning xorij darslaridan bahramand bo`ldi. Shuningdek oyatulloh uzmo hoj sayyid Abul Hasan isfahoniy va hoj shayx Muhammad Kozim Sheroziylardan ham ilm o`rgandi.  U fiqh va usuldan tashqari marhum sayyid Husayn Bodkubaiydan Abu Ali ibn Sinoning "Ishorot" kitobini, va Mullo Sadroning "Asfor" kitoblarini o`rgandi. Alloma 1364 hijriy- qamariy yilda Eronga qaytib keldi va yashash uchun muqaddas Qum shahriga keldi. U yerda hazrat oyatulloh uzmo Kuh Kamaraiy huzuridan bahramand bo`ldi. Fiqh va usul boblarida hazrat oyatulloh uzmo Burujerdiydan dars oldi. Mana ellik yildan ortiq hazrat oyatulloh uzmo Behjat Xorij, usul darslaridan dars berib kelyapti.

 Alloh bu zot boborakotning umrlarini ziyoda qilsin, omin yo robbil olamin !