Hazrat oyatulloh uzmo hoj sayyid Ali Husayni XomanaiyHazrat oyatulloh Xomanaiy buyuk faqih olimi va mujtahidi bo`lish bilan bir qatorda Eron islom jumhuriyatining diniy yetakchisi va shuningdek oliy madrasaning tajribali ustozlaridan biri hisoblanadi. Bu zot hijriy – shamsiy yilning 1318 yili Eronning muqaddas Mashhad shahrida dindor-ruhoniylar oilasida dunyoga kelgan. Otalari oyatulloh sayyid Javod Mashhadning buyuk va mashhur ulamolaridan bo`lgan. Bobolari oyatulloh sayyid Husayn Xomanaiy esa Najafdagi ozarbayjoniy ulamolarning ulug`i bo`lgan edi. Hazrat oyatulloh Xomanaiy bolalik yillarini qiyinchiliklar bilan boshdan o`tkazgan, u besh yoshida katta akasi sayyid Muhammad bilan birga eski maktabga o`qishga kiradi. Bir qancha muddatdan so`ng Islomiy boshlang`ich ta`lim madrasasi " Diyonat Dorul ta`limi" ga kiradi. 6-sinfni tugatgach o`rta ta`lim maktabiga o`qishga kirib u yerni ikki yilda bitirib, attestat oladi. "lu`ma" kitobining 3/4 qismini otasidan ta`lim olgan bo`lsa, qolganini Mudarris Tabriziydan, "Rasoil" va "Makosib" ilmlarini hoji shayx Hoshim Qazviniydan o`rgandi. Butun darslarini besh yarim yilda nihoyasiga yetkazdi, dars "Xorij" (oliy fiqh darslari)ni oyatulloh uzmo Miloniy huzurida o`qidi. 1336 yili Najafga hijrat qilib qisqa muddatli o`qishi davomida buyuk oyatullohlar: Hakim, Xuiy, Shohrudiylardan ta`lim oldi. Eronga qaytib kelgach esa Xomanaiy oyatulloh uzmo Burujerdiy, hoji Murtazo Hoiriylar huzurida ularning ilmlaridan bahramand bo`ldi. Usul va Fiqh sohalarida hazrat imom Xumayniydan ta`lim oldi. Oyatulloh Xomanaiy 1334 hijriy shamsiy yildan boshlab shoh hukumatiga qarshi siyosiy harakatlarini boshlab yubordi va Islom Inqilobi g`alaba qozonganiga qadar bir necha martalab qamalgan va surgunlarda bo`lgan edi. Inqilob g`alabasidan keyin ul zot muhim lavozimlarda ishlagan edilar. Jumladan, sho`roi inqilob a`zosi , mudofaa vazirligida muovin, Tehron juma namozi imomi, Tehron xalqining sho`rodagi vakili, shuningdek ikki muddatga Eron prezidenti kabi lavozimlar egasi bo`ldi. Eron rahbari oyatulloh Xumayniyning vafotidan so`ng ularning o`rniga hazrat oyatulloh Xomanaiy saylandi va hozirda ham mana shu yuksak va mas`uliyatli vazifaning uddasidan chiqib kelyapti. Alloh bu zoti boborakotning umrini ziyoda qilsin, omin yo robbil olamin! |