Markaz bilan tanishuv



Hazrat oyatulloh uzmo Sayyid Sistoniyning dunyo shialarining mujtahidi sifatida olib borayotgan ishlari diqqatga sazovordir.  Bu zot islom dinining keng tarqalishiga va shuningdek turli o`quv maskanlarini ta`sis qilishdagi qo`shayotgan hissasi beqiyosdir.  Hazrat Sistoniyning qilgan yana bir xayrli ishlaridan biri “Olul bayt” information markazining ta`sis qilinishidir. Bu markaz dunyodagi islomiy saytlarning eng kattalaridan biri hisoblanib muqaddas Qum shahrida ta`sis etilgandir.  Mazkur markaz dunyo miqyosida faoliyat olib boradi, jumladan diniy va fiqhiy savollarga internet orqali javob beradi.  Albatta markaz din peshvolari, mujtahidlar,  diniy tadqiqotchilar, ulamolar bilan uzviy aloqadadir. Shuning uchun dunyodagi shialar o`zlarining diniy savollarini internet yo`li orqali yuborib o`z mujtahidlarining fatvolari bilan tanishishlari mumkindir. Hazrat oyatulloh Sistoniy bu kabi markazlarni Islom dinining keng yoyilishi uchun Eronning bir qancha yirik shaharlarida, shuningdek ba`zi xorijiy davlatlarda ham asos solgan. Jumladan Pokiston, Suriya, Livan, Turkiya, Gruziya, Angliya, Iroqning o`zida ham bir necha shaharlarida (Basra, Karbalo, Kozimayn, Najaf) bunday markazlar o`z faoliyatlarini olib boradilar.

“OLUL BAYT (A.S)” xalqaro axborot  MARKAZINING QUM SHAHRIDAGI bosh SHO`BASI  HAQIDA

Markaz oyatulloh Sayyid Ali Husayni Sistoniyning shuningdek hujjatul islom val muslimin Sayid Javod Shahristoniyning rahbarliklarida 1377 hijriy-shamsiy yilning bahorida Iyd G`dir munosabati bilan o`z faoliyatini boshlagan. Markaz Ahli bayt tarafdorlariga xizmat qilish maqsadida ishga tushirilgan bo`lib, quyigadi yo`nalishlarda faoliyat olib boradi:

 

www.al-shia.org

hozirgi kunda bu sayt 30 Tilda faoliyat olib bormoqda. Jumladan

Fors, arab, ingliz, urdu, francuz, turkiy, kurd(lotin), Kurd (arabiy), rus, o`zbek, italyan, ispan, pushtu, nemis, ozarboyjon, xitoy, bo`sniya, hind, birma, savohiliy, bangladesh, tojik,  tayland, tomiyli, bolgar, fuloniy, birma, husayi, indoneziya tillarida faoliyat yuritadi.

                  Qur`oni Karim bo`limi

Bu qismat Qur`oni Karimning xos sayti bo`lib, hijriy-shamsiy 1383 yil Mo`rdod oyida hazrat Fotimatuz-Zahro (s.a)ning tug`ilgan kunlarining munosabati bilan ishga tushirilgandir.  Sayt adresi

http://quran.al-shia.org



1