ABU ZAR G’IFORIY

www.hidoyat.com

ABU ZAR G’IFORIY

Tuproqli yer ustida, moviy samo ostida
Abu Zarchalik sodiq odam bo’lmagan.

Muhammad Rasululloh (saov)


Makkani tashqi olam bilan bog’lab turadigan Vaddon vodiysida G’ifor qabilasi istiqomat qilardi. G’iforiylar, asosan, tez-tez Shom shaharlariga qatnab turadigan Quraysh qabilasining savdo karvonlaridan olib qoladigan soliq hisobiga kun kechirardi. Agar savdogarlar vodiyliklarni rozi qilmasalar, talon-taroj uyushtirishdan ham toymasdilar.
Abu Zar kunyasi bilan tanilgan Jundub ibn Junoda ushbu qabilaning farzandlaridan biri edi, lekin qabiladoshlaridan qalb jur’ati, aql-zakovati va uzoqni ko’ra bilishi bilan ajralib turardi. Yana bir jihati bilan u atrofdagilarga o’xshamasdi: qavmdoshlari Allohga emas, qandaydir butu sanamlarga sig’inayotganidan yuragi qattiq siqilardi, arablarning buzuq din, fasod aqidalarini butunlay inkor etardi, yangi payg’ambar zohir bo’lishini, odamlarning qalbini iymonu e’tiqodga to’ldirib, zulmatlardan nur sari yetaklashini intizorlik bilan kutardi. Tarixning og’ir sinovlarga to’lapaytlarda, ya’ni hazrati rasululloh (saov) rihlatlaridan keyin ummat ikiga bo’linib ketgan paytda Abu Zar haq yo’ldan toymasdan rasulullohning dasturlariga amal qilib ahli bayt (a.s)ga ergashdi va hazrat Ali (a.s)ning sodiq sahobalaridan bo’lgan edi. U usha fitnalar kuchaygan davrda xalq orasida yurib qo’rqmasdan Ahli bayt fazilatlari haqida gapirar va unga ergashish lozimliogini hadislar keltirib uqtirar edi. Vaholanki usha kunlarda Ali ibn Abi Tolib (a.s) uy qamog’ida edilar. 

Abu Zar G’iforiy umrining oxirigacha rasululloh (saov)ga bergan ahdiga vafodor qolgan edi. Uning shijoati va otashin nutqlaridan qo’rqqan, o’zini musulmon deb ko’rsatgan aslida esa munofiq bo’lgan unsurlar uni shahid etishdi. Alloh subhonahu va Taolo Abu Zarni rahmatiga olsin. Batahqiq, u insonlar uchun o’rnakka arzigudek zot edi.