Haqiqat izlagan uni topajak!



E`tiboringizga havola qilmoqchi bo`lgan quyidagi qiziqarli munozara shia va sunniy olimlari orasida bo`lib o`tgandir. Unda qimmatli ilmiy fikrlar mavjud bo`lib, ularni o`qib chiqish foydadan xoli emasdir. Haqiqat izlagan sunniy olimni “haqiqat talab” deb ataganmiz. U Misrdagi “Al-azhar” islomiy universitetining mudiri bo`lgan edi, ismi esa Salim Bashirdir. U bilan xat yozish orqali bahs olib borgan shia olimini “haqiqatshunos” deb ataymiz, u oyatulloh sayid Abdulloh  Husayn Sharofiddin Musaviy Omiliydir. Munozara olib borgan har ikkala taraf xolisona ,  samimona, ilmiy bo`lib har ikkala olim hech bir taasubsiz bahslashganlar. Har ikkalasining dardi musulmonlar orasidagi tafriqalar va kelishmovchiliklar bo`lib, ixtiloflarni hal qilish uchun ular o`zaro bahs yuritib ,  kim haq bo`lsa shuni e`lon qilishni oldilariga maqsad qo`ygan edilar.  Bahs Misr va Livan davlatlarida xat yozish yo`li bilan olib borilgan edi.

HAQIQAT TALAB.

Bahs olib borish uchun ruxsat olish.

Men ilming daryosi sohilida to`lqinlarida garq bo`lish uchun sendan ruxsat olmoqchiman. Men bahsimizni

 ”Imomat masalasi haqida kimga murojat qilishligi haqida;

“ Xilofat” masalasi, ya`ni ummatga rahbarlik qilish masalasi haqida bahslashmoqchiman.

HAQIQATSHUNOS.

Har nimani istasang so`ragin. Men ham bilganimcha javob beray va sen o`zing haq va botilni ajratgin.

HAQIQAT TALAB.

1.    nima uchun shialar umum musulmonlarga itoat qilmay, ajralib chiqqanlar?



1 2 3 4 5 6 7 8 9 next