Intizor bo’lishning ma’nosi



Biz hazrat Mahdi (Alloh ul zotning zuhurlarinik tezlashtirsin!) ni kutish ul zotning zuhur qilishlariga intizor bo’lish deganda nimani tushunishimiz kerak? “Intizor bo’lish” iborasini ham madaniyat sohasida va ham harbiy sohada ma’no qilingandir. Harbiy ma’noda intizor bo’lish, ya’ni “Doim tayyor!” holatida bo’lish tushuniladi. Lekin ijtimoiy va madaniy sohada esa intizor bo’lish deganda odamning ham o’zini va ham boshqalarni axloqiy jihatdan tayyorlash tushuniladi.

Eng yaxshi intizorlik budirki, inson o’zini Allohning izni bilan valiy qilingan odamga topshirib qo’yishi va uning itoatiga shay bo’lib turishligidir.

 

Hazrat imom Rizo (a.s)dan naql qilinishicha:

رحم الله امرء حدث نفسه علینا و احیا امرنا؛

Bizning amrimizga jonini  shay tutib aytganlarimizni amalga oshirganlarni Alloh o’z rahmatiga olsin!

Hadisning ma’nosi budirki, imom goyib paytida Ahli bayt (a.s) ning iznida yurib, ularning ma’rifatini odamlar orasida yoyib, imom kelishimi intiqlik bilan kutish – Allohning rahmatiga noil bo’lish omillaridandir. Bizlarni ham Allohu Taolo O’z rahmatiga noil bo’ladigan va haqiqy muntazir solih bandalaridan qilsin,omin yo Robbil olamin!

الهی! وعجّل لنا ظهوره إنّهم یرونه بعیداً و نریه قریباً.

Allohim, O’z Valiying kelishini tezlashtirgin. Ular (dushmanlar) bu ishni uzoq deb gumon qilishsa, bizlar esa tez orada bo’ladi deb ishonamiz!



1 next